Toshkent xalqaro aeroporti estakadasiga chiqish cheklandi
Jamiyat
−
08 dekabr 2023
8484Bugun, 8 dekabr kuni soat 12:00 dan Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bunday cheklovga aeroportda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlangani sabab bo‘lgan.
“Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi ham vaqtincha cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida ham Toshkent xalqaro aeroportida estakadaga kirish vaqtincha yopilgandi. O‘shanda yo‘l belgilarining yangilanishi estakadaga kirishning yopilishiga sabab qilib ko‘rsatilgandi.
LiveBarchasi