Toshkent xalqaro investitsiya forumida 43 mlrd dollarlik kelishuvga erishildi (video)

Jamiyat

image

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida vazirlik-idoralar, O‘zbekistonning xususiy kompaniyalari 43 milliard dollarlik investitsion shartnoma va kelishuvlarga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Hurmatli Prezidentimizning sa’y-harakatlari tufayli vazirlik-idoralarimiz, O‘zbekistonning xususiy kompaniyalari mana shu forum doirasida 43 milliard dollarlik investitsion shartnoma va kelishuvlarga erishdi”, deydi u.

Sherzod Asadovning aytishicha, bu birinchi navbatda o‘zbekistonliklar uchun minglab yangi ishchi joylari, o‘nlab yangi korxonalar va turli xil yangi sanoat turlarining kirib kelishi degani. Xalq bundan o‘zining iqtisodiy salohiyatini oshirish nuqtai nazaridan bahramand bo‘ladi.

“Shu bilan birga, besh yil ichida Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z nomi bilan xalqaro investitsiya forumiga aylandi deb o‘ylaymiz. Sababi, ikkita davlat rahbari, Albaniya, Germaniya Prezidentlari ishtirok etishyapti. Oltita Bosh vazir, kecha hammalaringiz guvoh bo‘ldingizlar, hatto Malayziya Bosh vaziri ham O‘zbekistonda qisqa tashrif bilan bo‘ldi va hurmatli Prezidentimizni ushbu yirik tadbir bilan tabriklab, uning ahamiyati Osiyo davlatlari uchun ham qanchalik muhimligi haqida aytib o‘tdi”, deydi Prezident matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, forum doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokara o‘tkazdi hamda muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilib, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar