70 000 ga somsa, 200 000 ga qulupnay. Toshkent investitsiya forumida fantastik hashamatli dasturxon yozilgan
Jamiyat
−
16 iyul 2022
51745Joriy yilning 24−26 mart kunlari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumini tashkil etish uchun taxminan 15 mlrd so‘m (taxminan 1,37 mln dollar) mablag‘ sarflangan. Bu haqda “Davletovuz” Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining davlat xaridlari tizimidagi ma’lumotlariga asoslanib yozmoqda.
Portaldagi ma’lumotlardan quyidagi xarajatlar amalga oshirilganini ko‘rish mumkin:
"Sky Events" MCHJ forumni tashkillashtirish xarajatlari — 7 mlrd 264 mln so‘m;
"Lyuks Taxi" MCHJ lyuks avtomobillar ijarasi — 2 mlrd 53 mln so‘m;
Akfa Dream World (Hilton) forum doirasida taomlar — 2 mlrd 585 mln so‘m;
"Ahadmix-Yastreb" MCHJ sahna va ekranlar ijarasi — 457 mln so‘m;
Respublika maxsus aloqa bog`lamasi (ovoz qurilmalari) — 798,5 mln so‘m;
Akfa Dream World (Hilton) forum shtabi uchun zal ijarasi va taom — 253 mln so‘m;
"Interhotel" (mehmonxona) MCHJ zallar ijarasi va 1500 kishilik taom — 1 mlrd 190 mln so‘m;
"Shoraxmat-Fayz" oilaviy korxonasidan bayroq ijarasi — 398 mln so‘m;
Tadbirni o‘tkazish uchun sarflangan mablag‘ bugun ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Negaki qariyb 1,5 mln dollar sarflangan forum uchun bir dona somsa 70 000 so‘mdan (350 tasi 24,5, mln so‘m), malina, qorag‘at, golubika, qulupnay va gilos 200 000 so‘mdan, QQS bilan har bir porsiyasi 230 ming so‘mdan (100 porsiyadan 500 porsiya — 115 mln so‘m) yetkazib berilgan.
"Sky Events" MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra korxona forum uchun 7 mlrd 264 mln so‘mlik quyidagi xizmatlarni ko‘rsatgan
"Lyuks Taxi" MCHJ 2 mlrd 53 mln so‘m evaziga quyidagi avtomobillar ijaraga olingan
Akfa Dream World forum doirasida 2 mlrd 585 mln so‘mlik quyidagi taomlarni yetkazib bergan
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qariyb 15 mlrd so‘mga tushgan forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
LiveBarchasi