Toshkent IIBB boshqarmalaridan biriga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
21 mart 2019 7638 1 daqiqa
Kecha, 20 mart kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Polkovnik Murodilla Saydullayevich Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.
Avvalroq, IIV markaziy apparati va hududiy tuzilmalarida o‘nga yaqin lavozim tayinlovlari amalga oshirilgani haqida xabar bergan edik.