TDSI PIMU bilan hamkorlikni kengaytirdi

Biznes

image

9 noyabr kuni Toshkent davlat stomatologiya institutiga Privoljsk tadqiqot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Toshkent davlat stomatologiya instituti oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni yildan-yilga kegaytirib bormoqda. Xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy tajriba almashish, talabalar va professorlar akademik sohalarida hamkorlik katta foyda beradi. Privoljsk tadqiqot universiteti bilan joriy yilda 2 ta bakalavriat yo‘nalishida, klinik ordinatura esa 5 ta yo‘nalishda qo‘shma fakultet tashkil qilindi va bu yo‘nalishda 104 ta talaba tahsil olmoqda.

Delegatsiyada o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Bogomolova Yelena Sergeyevna, xalqaro ta’lim fakulteti dekani Abrosimova Yelena Borisovna, dekan o‘rinbosari Valikuova Farog‘at Yunusovna, talabalar akademik rahbari Nikonova Larisa Genadevna,  klinik ordinatura akademik rahbari Israyelyan Yuliya Aleksandrovna tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati bilan o‘zaro muloqot qilishdi.

Muloqot davomida ilmiy sohada, tajriba almashish borasida, talabalarni akademik almashishda hamkorlik qilish va o‘zaro munosabatlarni   kengaytirishga kelishib olindi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti Matbuot xizmati


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing