Toshkent bojxona boshlig‘iga bir yo‘la 3 o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining joriy yilning 12 fevralidagi bir qator buyruqlariga binoan Toshkent shahar bojxona boshqarmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Baxtiyor Shavkatovich Muratov Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;

Bojxona xizmati podpolkovnigi Nodirbek Raximjonovich Salimjonov Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;

Bojxona xizmati mayori Nodirbek Noxidjonovich Usmanov Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;

Bojxona xizmati mayori Sherzod ShokirjonovichXudoyorov Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Bojxona nazoratini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib;

Bojxona xizmati mayori Ataxon Nazirboyevich Yoqubov Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Bojxona to‘lovlari bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib;

Bojxona xizmati podpolkovnigi Saydimurotxon Mahamedovich Rahmetov Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kadrlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona tayinlov

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing