Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi boshlandi
Jamiyat
−
27 may 2020 6141 1 daqiqa
Kecha, 26 may kunidan boshlab Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.
Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Yo‘lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poyezdga chiqishdan oldin yo‘l varag‘ini to‘ldirishlari va vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibga xamda sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.
Qayd etilishicha, qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust