Toshkent aeroportida janjal ko‘targan Rossiya fuqarosi qamaldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 12 may kuni rossiyalik erkak samolyotda janjal ko‘tarib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 15:40 lar atrofida Rossiya fuqarosi – 39 yoshli A.M. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda Toshkent–Moskva yo‘nalishida uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan reys bortida janjal ko‘targan. U jamoat tartibini buzib, ekipaj a’zolarini haqorat qilgan.

“Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismlariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sergeli sudiga taqdim qilingan”, deyiladi sud hujjatida.

Sud qarori bilan A.M.ga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi, shuningdek 340 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing