Toshkent aeroportida yo‘lovchi tillalarni protez ichiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent xalqaro aeroportida qo‘l protezi ichiga zargarlik buyumlarini yashirgan yo‘lovchi fosh qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
 
Qayd etilishicha, xorijdan uchib kelgan yo‘lovchilar orasidagi imkoniyati cheklangan shaxslardan birining “yashil” yo‘lak orqali harakatlanayotib, bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortgan. 

Shundan so‘ng, ushbu shaxs bojxona postidagi bodi-skaner qurilmasi orqali ko‘zdan kechirilganida, o‘ng qo‘liga o‘rnatilgan protez orasiga 75 gamm og‘irlikdagi qiymati 23,6 mln so‘mlik zargarlik buyumlari yashirilgani aniqlangan.
 
Ayni shu reysda uchib kelgan yana bir yo‘lovchi esa 58 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini cho‘ntaklariga yashirgancha yashil yo‘lakdan o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolingan. Mazkur tilla taqinchoqlarning umumiy qiymati esa salkam 15,8 mln so‘mni tashkil qilgan. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing