Toshkent aeroportida to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi
3-sahifa
−
22 avgust
3979Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik aniqlandi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 21 avgust kuni soat 21:05 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli yo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun mo‘ljallangan 290 dona shariklar (zoldor) borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona posti orqali noqonuniy ravishda qurol olib kirilishi to‘xtatib qolingandi.
LiveBarchasi