Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushdi

Jamiyat

image

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiy izoh berdi.

Aytilishicha, voqea kecha, 12 avgust kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish ob’ektida sodir bo‘lgan. Qurilish ishlari Toshkent shahar hokimiyati “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligida “Ko‘prikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lgan. Temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran yordamida montaj qilish jarayonida ehtiyotsizlik oqibatida ular bir-biriga urilib, 5 dona balka montaj joyidan tushib ketgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” balkalar asosiy yo‘l emas, balki vagon deposiga tegishli shaxobcha yo‘lga tushganini bildirib, buning poyezdlar qatnoviga umuman aloqasi yo‘q ekanini ma’lum qilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yo'l o'tkazgich aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made