Toshkent aholisining bir qismi vaqtincha issiq suv va ichimlik suvisiz qoldiriladi

Jamiyat 5402
image
-

Toshkent shahri Sergeli tumanida vaqtincha issiq suv va ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan 26 aprel soat 10:00 dan  27 aprel soat 10:00 gacha quyidagi manzillarda issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: 

  • 8-Issiqlik qozonxonasi;
  • “Mustaqillik” MFY;
  • “Do‘stlik” MFY;
  • “O‘zgarish” MFY;
  • “Habibiy” MFY;
  • “Shukur Burxonov” MFY;
  • “Tinchlik” MFY;
  • “Guliston” MFY; 
  • “Bobur” MFY;
  • “Ittifoq” MFY;
  • “Nilufar” MFY;
  • “Navro‘z” MFY;
  • “Xumo” MFY;
  • “Yorqin hayot” MFY;
  • “Sug‘diyona” MFY;
  • “Qumariq” MFY;
  • “Olchazor” MFY.

Shuningdek, quyidagi mavzelar:  

  • Do‘stlik-1, 2 mavzelari;
  • Sergeli-1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-a, 9, 15, 16, 17, 18 mavzelari;
  • Sergeli- A, 5A, 6A, 7A, 11A; 
  • Temir yo‘lchi G-40 mavzesi; 
  • Yo‘ldosh-16 A yangi daha; 
  • 8- va 9-qurilish hududi; 
  • 10-qurulish hududi.
Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 139
Reyting: 3.1
t
×