Toshkent aholisining bir qismi vaqtincha issiq suv va ichimlik suvisiz qoldiriladi
Jamiyat
−
23 aprel 2021
6163Toshkent shahri Sergeli tumanida vaqtincha issiq suv va ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha quyidagi manzillarda issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- 8-Issiqlik qozonxonasi;
- “Mustaqillik” MFY;
- “Do‘stlik” MFY;
- “O‘zgarish” MFY;
- “Habibiy” MFY;
- “Shukur Burxonov” MFY;
- “Tinchlik” MFY;
- “Guliston” MFY;
- “Bobur” MFY;
- “Ittifoq” MFY;
- “Nilufar” MFY;
- “Navro‘z” MFY;
- “Xumo” MFY;
- “Yorqin hayot” MFY;
- “Sug‘diyona” MFY;
- “Qumariq” MFY;
- “Olchazor” MFY.
Shuningdek, quyidagi mavzelar:
- Do‘stlik-1, 2 mavzelari;
- Sergeli-1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-a, 9, 15, 16, 17, 18 mavzelari;
- Sergeli- A, 5A, 6A, 7A, 11A;
- Temir yo‘lchi G-40 mavzesi;
- Yo‘ldosh-16 A yangi daha;
- 8- va 9-qurilish hududi;
- 10-qurulish hududi.
LiveBarchasi