Toshkent – 2021: tailandlik sportchi Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi (foto)
Sport
−
08 dekabr 2021
9040Bugun, 8 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 2-kunida ayollar o‘rtasida 49 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va unda tailandlik Surodchana Xambaoga teng keladigan raqib topilmadi.
G‘oliblik uchun kurash esa yaponiyalik Rira Suzuki, Ibuki Takaxashi va tailandlik Surodchana Xambao o‘rtasida kechdi.
Dast ko‘tarish mashqida Tailand vakilasi birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi pog‘onani yaponiyalik Rira Suzuki egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Turkmaniston terma jamoasi a’zosi Yulduz Jumaboyeva yakun yasadi.
Siltab ko‘tarish mashqida medallar uchun kurashda boshqa bir yaponiyalik Ibuki Takaxashi turkmanistonlik sportchini ortda qoldirib, kichik bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Suzuki ikkinchi, Xambao esa birinchi pog‘onani band etdi.
Shu tariqa, Surodchana Xambao ikki kurash yakuniga ko‘ra, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ayollar. 49 kg:
Surodchana Xambao (Tailand) – 193 kg (86+107 kg);
Rira Suzuki (Yaponiya) – 179 kg (78+101 kg);
Ibuki Takaxashi (Yaponiya) – 172 kg (71+101 kg).
Eslatib o‘tamiz, ayollar o‘rtasida 45 kg vazn toifasida ham tailandlik Sukcharyon Txanyaton 172 kg natija bilan oltin medalga ega chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik Zuhra Otajonova ham bahslarda ishtirok etdi. Biroq u umumiy hisobda 150 kg natija evaziga 11-o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi