Toshkent hokimligi “Qo‘yliq” bozori buzilmasligini e’lon qildi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent shahar hokimining “Qo‘yliq” bozorini davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi haqida qaror qabul qilgani xabar qilingandi. Buning ortidan muhokamalar boshlangach, poytaxt hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ishlar doirasida, “Qo‘yliq” dehqon bozorining to‘liq davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi ko‘zda tutilmagan. Asosiy kirish joyi oldidagi avtoturargoh hududining bir qismi va bir nechta vaqtincha savdo qurilmalarining o‘rni qurilish jarayoniga jalb etiladi. Bunda, asosiy bino va savdo rastalarining aksariyati o‘z joyida qoladi. Loyihaga ko‘ra, jalb etiladigan hududning umumiy maydoni 10 ming kv metr atrofida bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, “Qo‘yliq” buyum bozori ham to‘liq olib qo‘yilmaydi. Bu yerda ham avtoturargoh hududi va bir nechta vaqtincha qurilmalarning o‘rni ishlarga jalb etilib, ular uchun kompensatsiya mablag‘lari to‘lab beriladi. Buyum bozorining ham asosiy paviloni o‘z joyida qoladi. Avtoturargoh hududi bilan birga ishlarga jalb etiladigan umumiy maydon 6,3 ming kv metrni tashkil etadi.

“Ishlar yakunidan so‘ng, bozorlarning avtoturargohi xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda tegishli ruxsatnoma bo‘lsa, ko‘prik va yondosh yo‘llarning tayanch inshootlari ostida joylashtirilishi mumkin.

OAVda keltirilayotgan jadval faqatgina ob’ektlar haqidagi umumiy ma’lumotni aks ettirgan bo‘lib, ular buzilishidan dalolat bermaydi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Shahar ma’muriyatiga ko‘ra, ushbu yer maydonlari yo‘l o‘tkazgich, Bektemir yo‘lidan TXAYga va TXAYdan Bektemir yo‘liga (Farg‘ona yo‘lining davomi) tushuvchi yo‘llar qurilishi sababli davlat va jamoat foydasiga jalb etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'yliq

Baholaganlar

265

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing