Toshkent hokimligi aholiga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

image
Ruxsatnoma stikerisiz avtomobil boshqarganlarga qanday jazo chorasi ko‘riladi? north_east

Ruxsatnoma stikerisiz avtomobil boshqarganlarga qanday jazo chorasi ko‘riladi?

Ertaga, 30 martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va haraktlanishiga ruxsat berildi. Shu sababdan Toshkent aholisi oziq-ovqat taqchilligi yuza beradi degan xavotirda bozor va super marketlarni bo‘shatishga tushdi.

Toshkent shahar hokimligi holatga munosabat bildirib, cheklov shahar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilishiga ta’sir ko‘rsatmassligini ma’lum qildi.

“Bugun shahrimizning ko‘plab bozorlari va do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir.

Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va do‘konlar bunday mahsulotlar bilan muntazam ta’minlanishini ma’lum qilamiz.

Faqat zaruratga ko‘ra ko‘chaga chiqing, odamlar bilan oraliq masofani saqlang, sanitariya-gigiyena talablariga rioya eting va bu bilan o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang!”, deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 133 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing