Toshkent hokimiga yangi “zam” tayinlandi
Jamiyat
−
27 aprel 4291 1 daqiqa
Alisher Ismatilloyevich Do‘stmuhammedov Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Alisher Do‘stmuhammedov 1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini, 2021 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003 yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarda ishlagan.
2023 yil 29 martdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obidjon Odilovich Mo‘minov Toshkent shahri hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Live
Barchasi