Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2021
7255Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.
Ushbu lavozimni bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Faxriddin Umarovich Davrukov egalladi.
Avvalroq, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi