Toshkent hokimi deputat bo‘ldi
Jamiyat
−
02 iyul
7908Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov deputat etib saylandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasida Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov poytaxtda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergan. Unda Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga poytaxt hokimi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Bo‘ronovich Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Shavkat Umurzoqov shahar hokimi etib tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.