Toshkent havosining ifloslanishi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi

Jamiyat

image

13 fevral holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinni egalladi. Bu bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, poytaxtdagi PM2.5 konsentratsiyasi hozirda JSST tavsiya qilgan yillik o‘rtacha havo sifatidan qariyb 28,4 baravar yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda. Havo ifloslanishining bunday darajasi o‘ta zararli deb baholanib, bu kabi ob-havoda astma kasalligi borlar, qariyalar va bolalar tashqarida tibbiy niqob taqishi, imkon qadar ochiq havodagi mashg‘ulotlarini kamaytirishi, uyda bo‘lganida derazalarni yopishi tavsiya etiladi.

Prognozlarga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish ko‘rsatkichi 11-12-13 fevral kuni eng yuqori, 196 havo sifati indeksini ko‘rsatadi. Qolgan kunlari ifloslanish darajasi biroz pasayishi kutilmoqda.

Mutaxassislar shahar havosining ifloslanishiga avtomobillarning haddan tashqari ko‘pligi, eski modeldagi mashinalar havoga ko‘proq zararli moddalar chiqarishi, shuningdek, fabrikalar, zavodlar, sanoat hududlari hamda elektr stansiyalaridan chiqadigan tutunlarni sabab qilib keltirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar holatiga ko‘ra, yomg‘ir tufayli Toshkent havosi tozalangani va shahar havosidagi PM2,5 zarrachalari miqdori 1 kubometr havoda 37 mikrogrammni tashkil etgani xabar qilingandi.

Ulkanbayeva Rayxona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made