Toshkent havosining ifloslanish darajasi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 noyabridan 16 noyabrigacha Toshkent shahrida changli zarralarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari o‘rtacha sutkalik ahamiyatliligi 1,3 dan 0,3 PEM’gacha pasaydi. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 11 noyabrdan 16 noyabrgacha Toshkent shahrida havo sifati yaxshilangan. Atmosfera havosida muallaq changli zarralarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari o‘rtacha sutkalik ahamiyatliligi 1,3 dan 0,3 PEM’gacha pasaygan.

Ma’lum qilinishicha, pasayish o‘z-o‘zini tabiiy tozalash jarayonlari (zarralarning gravitatsion cho‘kishi) va meteorologik sharoitlar (bo‘lib o‘tgan yog‘inlar), shuningdek sug‘orish va changlangan barg chiqindilarini olish ishlari bilan bog‘liq.

O‘zgidrometga ko‘ra, shahar havosining yer usti changining kamayishi tendensiyasi davom etmoqda. Bunga bo‘lishi kutilayotgan yog‘ingarchiliklar yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

havo

Baholaganlar

308

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing