Toshkent havosini toza ko‘rsatgan datchik buzilgan bo‘lib chiqdi

Jamiyat

image

Toshkentdagi AQSH elchixonasi yonida joylashtirilgan  havo sifatini aniqlovchi datchik buzilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga elchixona matbuot xizmati xabar berdi.  

Unga  ko‘ra, kecha, 9 yanvar kuni poytaxtimizda joylashgan AQSH elchixonasi oldidagi havo sifatini ko‘rsatuvchi hisoblagich to‘g‘ri ishlamayotgani aniqlangan. 

Gap shundaki, uskuna havo sifatini yashil, ya’ni  juda ham toza darajada ko‘rsatgan. Ammo ayni vaqtda Toshkentda havoning hayot uchun xavfli sabzirang hamda qizil darajalari qayd etilmoqda. 

Bildirilishicha, unda texnik nosozlik yuzaga kelgani sabab havoning ifloslanish darajasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur muammoni hal etish uchun elchixona tomonidan mutaxassislar jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning havosi eng iflos hududlari ma’lum qilingandi.

Javohir Yo’ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent havosi datchik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing