Toshkent havosi me’yordan 19 marta ko‘proq yomonlashdi
Jamiyat
−
03 yanvar 2024 7329 1 daqiqa
Bugun, 3 yanvar kuni soat 8:00 dagi atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri havosi to‘q siyohrang darajagacha yomonlashdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga O‘zgidromet xabar berdi.

Bildirilishicha, poytaxt havosidagi PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 112,2 mkg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0293-11 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmadi.

Ammo PM2,5 mayda dispersli (hayot uchun zararli bo‘lgan) zarrachalar miqdori 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 18,7 marta (5 mkg/m3) ko‘pdir.
Shuningdek, uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) 1,9 mg/m3 ni tashkil etib, SanEQvaN 0293-11 (5 mg / m3) bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan oshmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025