Toshkent havosi ifloslangan shaharlar reytingida yana 2-o‘ringa chiqdi
Jamiyat
−
27 yanvar 4667 1 daqiqa
Bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi. Bu haqda ma’lumot real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida keltirilgan.
Unga ko‘ra, soat 21:30 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 175.5 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 35,1 baravarga ko‘p.
Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqqan edi. O‘shanda Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 174 mkg/m3 ni tashkil etgan.
Live
Barchasi