Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi
Jamiyat
−
25 aprel 2019
6955Joriy yilning 24 aprel kuni tongda berilgan signal bo‘yicha Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi.
Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamkorligidagi o‘quv dasturiga ko‘ra, 24–25 aprel kunlari Toshkent viloyatining chegara hududlarida navbatdagi hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari bo‘lib bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlarning ssenariysi bo‘yicha Toshkent viloyati Oxangaron tumani chegara postlaridan birida bir guruh shartli noqonuniy qurollangan jangarilar to‘dasi davlat chegarasini buzib o‘tishga uringani haqida ma’lumot kelib tushadi. Chegara posti navbatchilik bo‘linmalari olingan xabarni zudlik bilan hamkorlikdagi kuch tuzilmalarining hududiy bo‘linmalari hamda tegishli idoralarga yetkazadi. Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligida olingan shartli signal bo‘yicha qo‘shinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilib, jangovar texnikalardan iborat kolonnalar belgilangan joyga yo‘l oladi.
Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etilgan taktik o‘quvlarga jami 500 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar, 100 dan ortiq harbiy texnika, shuningdek, Havo xujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy xavo kuchlarining vertolyot aviatsiyasidan 4 ta uchish apparati jalb etilgan.
Kunning ikkinchi yarmida Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan birgalikda noqonuniy qurollangan shartli jangarilar to‘dasini yo‘q qilish operatsiyasi o‘tkazildi.
Amaliy mashg‘ulotlar harbiy boshqaruv organlari o‘rtasida jipslikni ta’minlash, qo‘shinlar, shtab va qo‘mondonlik tarkibida amaliy ko‘nikmalarni yanada shakllantirishdan iborat.
Hamkorlikdagi mashqlarning 2-bosqichi ertaga, 25 aprel kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida davom etadi.
LiveBarchasi