Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondon tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga ko‘ra,  Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Zokirjon Erkinboyevich Sayfuddinov Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Zokirjon Sayfuddinov o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari etib polkovnik Qodirjon Abdupattayevich Tursunov tayinlandi.  Polkovnik Qodirjon Tursunov bundan oldin Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelgan.

Eslatib o‘tamiz,  Prezident farmoniga binoan joriy yilning fevral oyida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan general-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi tayinlov Toshkent harbiy okrugi

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing