Toropetsda dron hujumi ortidan yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Rossiyaning Tver viloyati Toropets shahriga dron hujumi uyushtirildi va hujumni qaytarish chog‘ida uchuvchisiz samolyot qoldiqlarining qulashi yong‘inga olib keldi. Bu haqda viloyat gubernatori Igor Rudenya ma’lum qildi.

“Havo hujumidan mudofaa kuchlari hujumni qaytarish chog‘ida uchuvchisiz uchish apparatlari qoldiqlarining qulashi oqibatida yong‘in boshlandi. Barcha favqulodda xizmatlar va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tver viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi rahbariyati shoshilinch ravishda hududga yetib keldi”, deydi gubernator.

Qayd etilishicha, voqea joyida yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, havo hujumidan mudofaa kuchlari Toropetsdagi yirik dron hujumini qaytarishda davom etmoqda. Gubernator qaroriga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari ishlayotgan va yong‘in o‘chirilayotgan hududdan aholi qisman evakuatsiya qilinadi.

Toropets munitsipal okrugi ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, evakuatsiya G‘arbiy Dvina shahriga amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning to‘qqizta viloyati, shuningdek, anneksiya qilingan Qrimga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan katta hujum uyushtirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

dron Tver' Toropets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing