Topuriya Makgregor bilan jang qilish istagini bildirdi
Sport
−
13:50 639 1 daqiqa
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, 29 yoshli mag‘lubiyatsiz gruzin millatiga mansub ispaniyalik jangchi Iliya Topuriya irlandiyalik yulduz Konor Makgregorga qarshi jang qilish istagini bildirdi. Bu haqda u bloger Adin Ross bilan suhbat paytida aytib o‘tdi.
“Kim bilan jang qilishni xohlardim? Konor. U bilan jang qilishni juda istardim va bundan katta zavq olardim. Ha, u 10 yil avvalgi Konor emas, ammo bu muhim emas”, deydi Topuriya.
Ma’lumot uchun, Topuriya professional MMA’dagi debyutini 2015 yil aprel oyida o‘tkazgan. U UFC’da 2020 yil oktyabr oyidan beri ishtirok etib kelmoqda. Faoliyati davomida u 17 ta g‘alabaga erishgan bo‘lib, ulardan faqat ikkitasi hakamlar qarori bilan qayd etilgan. Hozirgacha birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Sobiq ikki karra UFC chempioni Makgregor esa so‘nggi bor 2021 yil iyul oyida oktagonga chiqqan va o‘shanda Dastin Porega mag‘lub bo‘lgan edi.
Live
Barchasi