Top futbolchilar Saudiya klublari taklifini rad etdi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne va “Real” himoyachisi David Alaba Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni istamadi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, uch futbolchiga arab klublaridan bir nechta takliflar tushgan. Ularning hammasi takliflarni rad etgan.

Jumladan, Levandovski o‘z jamosida qolishni xohlagan. Alaba esa bu haqda o‘ylab ko‘rishni ham xohlamagan. 

De Bryuyne esa Manchesterdagi hayotdan mamnun. Belgiyalik yarim himoyachi 2015 yilda “shaharliklar” futbolchisiga aylangandi. Bu vaqt ichida u Angliya chempionatining 243 ta uchrashuvida qatnashib, 64 ta gol urdi va 107 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Saudiya Robert Levandovski Kevin De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made