Top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarning tarixiy zafarlari bilan butun xalqni tabrikladi. Bu haqda u bugun, 12 avgust kuni bo‘lib o‘tayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

“Tokio Olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda ko‘rsatib, dunyoda 13-o‘rin, Osiyoda 4-o‘rin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Bir yo‘la 3 nafar sportchimiz “ikki karra Olimpiya chempioni”, degan yuksak sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bu Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi.

Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning g‘ururimiz!” deydi Prezident.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchilar Olimpiadada 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing