“Tonirovka” uchun ruxsatnomani arzonroq olish imkoniyati paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Avtotransport vositalarining oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish” xizmati joriy etildi.

Endi fuqarolar avtotransport oynalari tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnomani onlayn olib, 10 foiz chegirmaga ham ega bo‘ladi. Shu orqali “tonirovka”ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming so‘m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so‘m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 mln 300 ming so‘mga arzonlashadi.

Xizmatning yana bir jihati to‘lov amalga oshirilgach, uzog‘i 2 soat ichida fuqaroning Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga elektron ko‘rinishdagi QR-kodli sertifikat, ya’ni ruxsatnoma kelib tushadi. Uni istalgan vaqtda yuklab olish mumkin.

Haydovchilarga yana bir ma’qul tomoni, endi avtotransport oynasiga STIKER majburiy ravishda yopishtirilmaydi.

Shuningdek, oynalarni tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o‘zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktyabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tonirovka

Baholaganlar

1195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing