Tonggacha koronavirusga chalinganlar 179 nafarga ko‘paydi, 2 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2020
91962020 yil 27 sentyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55132 (+179) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
97 nafari Toshkent shahrida,
27 nafari Namangan viloyatida,
17 nafari Samarqand viloyatida,
12 nafari Surxondaryo viloyatida,
12 nafari Farg‘ona viloyatida,
7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 51458 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3218 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi