Tomskda yana yong‘in, halok bo‘lgan yana o‘zbekistonlik
Olam
−
23 yanvar 2020
12603O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 23 yanvarga o‘tar kechasi Tomsk oblasti, Pervomayskiy tumani, Voznesenka qishlog‘ida vagoncha yonib ketgan. Oqibatda O‘zbekiston fuqarosi Sh.R. vafot etdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan birgalikda qurbonning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 yanvar kuni Tomsk oblasti, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan, oqibatda 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan edi.