Tom Kruz filmga suratga tushish uchun ochiq kosmosga yo‘l oladi

Madaniyat-san’at

image

Gollivud yulduzi Tom Kruz va tadbirkor Ilon Mask NASA bilan hamkorlikda inqilobiy loyiha ustida ish boshladi. Sarguzasht film suratga olish uchun ochiq fazoga yo‘l olinadigan bo‘ldi. Bu haqda “Deadline” jurnali yozmoqda.  

Agar loyiha muvaffaqiyatli kechsa, bu kosmosda suratga olingan birinchi film bo‘ladi. Ma’lumki, Tom Kruz hech qachon kaskadyorlarning xizmatlaridan foydalanmaydi va barcha tryuklarni o‘zi bajaradi. Shunday qilib, ushbu film uning karerasi cho‘qqisi bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, NASA bosh direktori Jim Braydenstayn Twitter’dagi rasmiy sahifasida ushbu shov-shuvli xabarni tasdiqladi.

“NASA kosmik stansiyada suratga olinadigan filmda Tom Kruz bilan ishlashdan juda mamnun! Mashhur ommaviy axborot vositalarining yordami bilan yangi avlod muhandislari va olimlarini bizning ulug‘vor rejamizni amalga oshirishga ilhomlantirishimiz kerak”, deb yozgan Braydenstayn o‘z postida.

Suratga olish ishlari qachon boshlanishi haqida aniq ma’lumot taqdim etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tom Kruz

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing