“Tolibon” yana O‘zbekiston neftini sifatsiz deb ortiga qaytardi

Jamiyat

image

"Tolibon" standartlari departamenti Hayraton portidan hajmi 120 ming litrga yaqin ikki sisterna sifatsiz benzinni O‘zbekistonga qaytarib yubordi. Bu haqda muvaqqat hukumatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.

"Sifatsiz, sig‘imi taxminan 120 ming litr bo‘lgan neft mahsulotlarining Afg‘onistonga kirishiga to‘sqinlik qilindi va Hayraton porti orqali O‘zbekistonga qaytarildi", degan "Tolibon"ning Standartlar bo‘yicha milliy idorasi xodimlari.

Bundan tashqari, Shayx Abu Nasar Farahiy portidan Eronning 19 sisterna past sifatli neft mahsulotlari ham qaytarilgan. 

"Barcha davlatlardan mamlakatga sifatsiz tovarlarni olib kirishdan saqlanishni yana bir bor talab qilinadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Tolibon" O‘zbekiston yog‘ini ham sifatsiz deb qabul qilmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Tolibon neft

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing