Xitoy “Tolibon”ga taklif bilan chiqdi

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda tinchlikka erishishi bo‘yicha yana muzokaralarni boshlaydigan ko‘rinadi. Bu safar “Tolibon” muzokaralari uchun O‘zbekiston, Rossiya yoki Norvegiya emas, Xitoy o‘z eshiklarini ochishi mumkin. Bu haqda “Tolibon” harakatining Dohadagi siyosiy qanoti Matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shahin ma’lum qildi.

Suhayl Shahinning ma’lum qilishicha, “Tolibon” yetakchisisiyosiy masalalarga javobgar mulla Barodar Oxund Dohada Xitoyning Afg‘onistondagi mahsus elchisi Eydan Jijun va Xitoyning Qatardagi elchisi bilan uchrashgan.

“Xitoy afg‘onlararo muloqotda qatnashish uchun hay’atimizni taklif qildi”, deb yozdi Suhayl Shahin.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” va AQSH o‘rtasidagi 1 yilga yaqin davom etgan muzokaralar hech bir natijaga olib kelmay yakunlandi. Bunga Kobuldagi portlashda Amerika askarining halok bo‘lishi ham sabab bo‘ldi. Portlashdan keyin Tramp birgina tvit bilan butun boshli muzokaralarni yo‘qqa chiqardi.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasi bugungi kunda dunyo jamoatchiligining diqqat e’tiborida bo‘lib turibdi. Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston ham tashabbuskor bo‘lib, 2017 yilda Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan Toshkentda katta xalqaro anjuman o‘tkazildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

178

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing