“Tolibon” O‘zbekistonni afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi

Olam

image

Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan tuzilgan vaqtinchalik hukumati rahbari o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekistonni respublika ag‘darilgan mamlakatdan qochgan afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Bu haqda “Afganistan” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev bosh delegatsiya Qobulda “Tolibon” rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda “mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afg‘oniston xalqiga gumanitar va boshqa yordamlar ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlar, energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi”.

Vazirlik “Tolibon” harakati yaqin kelajakda Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Qobul-Peshovar temir yo‘li qurilishi kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni boshlashga tayyorligini ma’lum qilganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach, afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgandi. 

Shundan so‘ng 465 nafar afg‘on harbiy uchuvchilari oila a’zolari bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgandi. “Tolibon” esa ularni qaytarishni talab qilayotgandi. Shu orada O‘zbekiston qochib o‘tgan afg‘on uchuvchilari oilalari bilan Amerika bazasiga ko‘chirilishi haqida AQSH bilan kelishdi. Qayd etish kerakki, uchuvchilar toliblar barcha amaldorlar, harbiylarga amnistiya e’lon qilganiga qaramay, o‘zi va yaqinlari xavfsizligi uchun xavotirda edi, voqealar rivoji ularning xavotiri o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing