“Tolibon” Termizdagi bozorda musiqa qo‘ymaslikka chaqirdi – OAV
Jamiyat
−
14 Oktabr
56056Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari O‘zbekistondan Termizdagi umumiy bozorda konsert va musiqiy dasturlarni bekor qilishni so‘radi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Atlaspress” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termizdagi qo‘shma chegara bozoriga Afg‘oniston fuqarolari vizasiz borishi mumkin. Tashrif buyuruvchilar uchun musiqa dasturlari tashkil etilib, o‘zbek san’atkorlari ham konsert bergan holatlar bo‘lgan. “Tolibon” musiqiy dasturlar o‘tkazilishiga qarshi va O‘zbekiston hukumatidan bunday dasturlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.
Manbada qayd etilishicha, aks holda Afg‘oniston fuqarolariga ushbu umumiy bozorga kirishga ruxsat etilmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, avgust oyida Surxondaryo viloyatida Termiz xalqaro savdo markazi o‘z ishini boshladi. Kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolari ushbu bozorda vizasiz 15 kun davomida qolib, sayohat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston “Tolibon”ni inklyuziv hukumat yaratishga chaqirgandi.
LiveBarchasi