Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Afg‘oniston O‘zbekistonga hech qanday tahdid tug‘dirmaydi – “Tolibon” rasmiysi

Jamiyat

image

“Tolibon” bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdulg‘ani Barodar O‘zbekistonga nisbatan Afg‘oniston tomonidan hech qanday tahdid qilinmasligini aytdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan suhbatga tayanib, “Tolibon” muvaqqat hukumatining rasmiy sahifasida xabar berildi.

U Afg‘onistonda narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, iste’mol qilish va kontrabanda qilishga qarshi jiddiy kurash olib borilayotgani hamda ularning qo‘shni davlatlarga noqonuniy olib o‘tilishining oldi olinganini ta’kidladi.

Sobiq Afg‘oniston va “Tolibon” siyosatida qanday farqlar bor? north_east

Sobiq Afg‘oniston va “Tolibon” siyosatida qanday farqlar bor?

Shuningdek, Barodar qo‘shni davlatlar, mintaqa va butun dunyoga Afg‘oniston hududi hech bir davlatga qarshi ishlatilmasligi hamda hech qanday tahdid tug‘dirmasligiga va’da berdi.

Uchrashuvda toliblar delegatsiyasi Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi temiryo‘l va avtomobil yo‘llarini rivojlantirishni muhim hamda fundamental masala deb atadi. “Tolibon” rasmiy Toshkentga O‘zbekistonni Eron va Xitoy bilan bog‘lovchi “Mozori Sharif-Hirot-Qandahor” temiryo‘li loyihasiga sarmoya kiritish bo‘yicha taklif berdi. Delegatsiyaning ta’kidlashicha, bu Toshkentning Janubiy Osiyo davlatlari, Eron va Xitoy bilan savdo-sotiq ishlarini kengaytiradi, mintaqa barqarorligi va rivojlanishida konstruktiv rol o‘ynaydi.

Barodar suhbatda ikki tomon o‘rtasida turli sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, infratuzilma loyihalari, savdo-sotiq, tranzit, mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish, Qobul va Toshkent o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston rasmiylaridan tunnel qurilishi uchun Afg‘onistonga sarmoya kiritishni so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining bosh vazir o‘rinbosari Mullo Abdulg‘ani Barodar rahbarligidagi delegatsiya kecha, 22 fevral kuni Qobuldan Toshkentga yo‘l olgandi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va O‘zbekistondagi “Tolibon” elchisi Shayx Abdug‘affor Bahr kutib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Abdulla Aripov Mulla Abdulg'ani Barodar fundamental masala

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing