“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanalida “avariya” yuz berdi
Olam
−
12 dekabr 2023
28547Afg‘onistonda “Tolibon” tomonidan qurilayotgan Qo‘shtepa sug‘orish kanalida birinchi jiddiy "avariya" yuz berdi. Bu haqda “Chegara bilmas daryolar” xalqaro ekologik koalitsiyasi ekspertlari ma’lum qildi.
Qo‘shtepa kanali qurilish maydonchasining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan so‘nggi suratlari o‘rganilishi natijasida, kanal qurilishining birinchi bosqichi (uzunligi taxminan 100 km) joriy yilning oktyabr oyida “Tolibon” tomonidan ochiqlangandi.
“Kanaldan chiqib ketayotgan suvning kuchi va hajmi to‘qqiz kilometr uzunlikdagi suv maydonini hosil qilish uchun yetarli edi. Agar Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldosh optikasi orqali qarasa, bu ulkan ko‘lmakda boshqa bir gigant — tiranozavrning konturlari borligi ramziy ma’noga ega. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldoshdan olingan so‘nggi suratlar suv sizib chiqqan hudud muttasil ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu esa “Tolibon”ning vaziyatni to‘g‘rilash qobiliyati yoki istagi yo‘qligini bildirishi mumkin”, deydi “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori Aleksandr Kolotov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Mirziyoyev Dushanbeda “Qo‘shtepa” kanali masalasini ko‘targandi.
LiveBarchasi