“Tolibon” Navoiyga yangi haykal quryapti (video)
Olam
−
21 avgust 2025 12611 1 daqiqa
Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligi loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar berdi.
“Bugun Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligi loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi”, deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, tadbirda shahar hokimi, mutasaddi rahbarlar, Afg‘oniston shimolidagi Tashqi ishlar vazirligi vakolatxonasining rahbari hamda ushbu shahardagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning fevral oyida Alisher Navoiyning Mozori Sharifdagi ushbu haykaliga qisman zarar yetkazilgan edi. O‘shanda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov holatga munosabat bildirib, bu ishni “vandalizm” deb atagan. Kuni kecha bu haykal butunlay qo‘porib tashlandi. “Tolibon” O‘zbekistonga bu holatni yodgorlik o‘rnatilgan joy buyuk alloma xotirasiga yetarlicha munosib emasligi bilan oqladi va tez orada haykal qayta qurilishiga va’da berdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025