“Tolibon” xavfsizlik kuchlarining 500 nafar xodimi maktabga kirish uchun imtihon topshirdi

Olam

image

Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” tomonidan tuzilgan xavfsizlik kuchlarining kamida 500 nafar xodimi maktablarga kirish uchun imtihon topshirdi. Bu haqda Afg‘onistonning “TOLO News” telekanali Xost viloyati ta’lim boshqarmasi rasmiylariga tayanib xabar berdi.

"Ular sinf tanlashadi, biz ularga imtihon topshirish imkoniyatini beramiz. Shundan so‘ng, ular sinfga qo‘shilishlari mumkin", deydi Xost viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xirgul Xirxa.

Shuningdek, imtihon komissiyasi a’zosi Abdul Mannon Haqqoniy jarayon juda yaxshi ketayotganini ta’kidlagan.

“To‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi sinflarda biroz o‘qiganman, endi o‘n ikkinchi sinfga kirish uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tmoqchiman”, deydi imtihon ishtirokchilaridan biri Alif Xon.

Eslatib o‘tamiz, "Tolibon" 2021 yil Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng xotin-qizlarning ta’lim olishiga cheklov o‘rnatdi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon Tolibon askarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing