“Tolibon” AQSHning ikki fuqarosini hibsga oldi

Olam

image

Ikki AQSH fuqarosi va yana bir qancha xorijlik “Tolibon” muvaqqat hukumati hibsxonasida saqlanmoqda. Bu haqda kecha, 31 mart kuni “Tolibon” vakili Zabihulloh Mujohid jurnalistlarga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xorijliklar afg‘on qonunchiligini buzganlikda ayblanib, hibsga olingan. Shu bilan birga, u har bir chet el fuqarosi Afg‘oniston Islom Amirligi qonunlariga rioya qilishga majbur ekanligini ta’kidlagan. Hibsga olinganlar nima sababdan Afg‘onistonga kelgani noma’lum.

"Sabablar nima bo‘lishidan qat’i nazar, Afg‘onistonga kelgan har bir kishi mahalliy qonunlarga rioya qilishga majbur. Ularning Afg‘oniston vizasini olgani, qonunlarimizga amal qilishga roziligini bildiradi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Parvon viloyatida 12 yoshli qiz noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan otib o‘ldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon fuqaro hibs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made