“Tolibon” delegatsiyasi O‘zbekistonga qarab otlandi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar rahbarligidagi delegatsiya bugun, 22 fevral kuni Qobuldan Toshkentga yo‘l oldi. Bu haqda “Ariana News” xabar berdi.

Sobiq Afg‘oniston va “Tolibon” siyosatida qanday farqlar bor? north_east

Sobiq Afg‘oniston va “Tolibon” siyosatida qanday farqlar bor?

Ikki kunlik tashrifdan Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo va tranzit aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Afg‘onistonga o‘zbek investitsiyasini jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Barodar boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga quyidagilar kiritilgan:

  • Hidoyatulloh Badriy – foydali qazilmalar va neft vaziri;
  • Hamidulloh Oxunzoda – transport va aviatsiya vaziri;
  • Nuriddin Aziziy – sanoat va savdo vaziri;
  • Atoulloh Omoriy – qishloq xo‘jaligi, sug‘orish va chorvachilik vaziri;
  • Nur Ahmad Og‘a – Da Afghanistan Bank prezidenti;
  • Abdul Matin Said – moliya vazirining daromad va bojxona ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining hidoyat, haj va vaqflar vazirligining rasmiy taklifiga binoan O‘zbekiston diniy ulamolari delegatsiyasi Qobulga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Toshkent Tolibon Mulla Abdulg'ani Barodar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing