“Tolibon” delegatsiyasi Toshkentga keldi
Jamiyat
−
19 fevral 2024 12229 1 daqiqa
Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining milliy temiryo‘l boshqarmasi boshlig‘i mulla Baxt ul Rahmon Sharofat O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Afg‘oniston Ovozi” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Tolibon” delegatsiyasi Transafg‘on loyihasi yig‘ilishida ishtirok etish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkentga kelgan.
Bugun, 19 fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Pokiston, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov “Tolibon” muvaqqat hukumatining mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashgandi. Shuningdek, “Tolibon” o‘z elchisi Mug‘furulloh Shahobni Toshkentdagi Afg‘oniston elchixonasiga yuborgandi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel