“Tolibon” davlat muassasalarini o‘z bayrog‘idan foydalanishga majburlayotgani aytildi 

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakati mamlakat davlat tuzilmalarini avvalgi hokimiyat davrida Afg‘onistonning rasmiy bayrog‘i hisoblangan uch rangli bayroq o‘rniga harakatning oq bayrog‘idan foydalanishga majbur qildi. Bu haqda Axborot va madaniyat vazirining muvaqqat toliblar mahkamasidagi o‘rinbosari Ahmadulla Vosiq ma’lum qildi.  

Vosiq “Tolibon” rahbariyatining bayroqni almashtirish haqidagi xati “davlat muassasalari uchun rasmiy [buyruq] ekanini” tasdiqlagan. 

Ta’kidlanishicha, “Tolibon” hujjatida “barcha davlat tashkilotlarida Afg‘onistonning sobiq davlat bayrog‘ini “Afg‘oniston Islom Amirligi” bayrog‘iga almashtirish zarurati” qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH o‘z qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 2021 yil 15 avgustda “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 6 sentyabr kuni “Tolibon” butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon bayroq

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing