“Tolibon” chet el qamoqxonalaridagi afg‘onistonliklarni yurtiga qaytarmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati xorijdagi qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan barcha afg‘onlarni o‘z vatanlariga qaytarish bo‘yicha komissiya tuzdi. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni Afg‘oniston Axborot va madaniyat vazirligining OAV nazorati bo‘limi boshlig‘i Abdulhak Hammodga tayanib, “Ariana News” telekanali xabar berdi.

Hammod ko‘pchilik afg‘onlar xorijdagi axloq tuzatish muassasalaridan allaqachon mamlakatga qaytganini aytgan. Biroq u hozirda chet ellardagi afg‘on mahbuslari soni to‘g‘risida ma’lumot bermagan va komissiya qanday ish uslublaridan foydalanishini ochiqlamagan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning bahorida AQSH o‘z qurolli kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng “Tolibon” mamlakat ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshlagan. 15 avgust kuni radikallar Qobulga jangsiz kirib borgan va 7 sentyabr kuni qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan o‘zlarining muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qobul Tolibon qamoqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing