“Tolibon” BMTga muhim murojaat yo‘lladi
Olam
−
22 Sentabr 2021
15775“Tolibon” harakati vakillari Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilib, yuqori darajali Bosh Assambleya haftaligida qatnashish niyatini bildirdi va Muhammad Suhayl Shohinning nomzodini Afg‘onistonning doimiy vakili sifatida tasdiqlash uchun yubordi. Bu haqda tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
“20 sentyabr kuni bosh kotibga BMT Bosh assambleyasining 21-27 sentyabrdagi 76-sessiyasida qatnashishni so‘rab, Tashqi ishlar vaziri sifatida Amir Xon Muttaki imzolagan xat keldi. Xatda, shuningdek 15 avgustdan Ashraf G‘ani lavozimidan chetlatilgani va endi Prezident sifatida tan olinmasligi ko‘rsatilgan. Maktubda Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili endi Afg‘oniston vakili emasligi ko‘rsatilgan. Muhammad Suhayl Shohin yangi doimiy vakil lavozimiga ko‘rsatilgan”, degan bosh kotibning vakili.
Ta’kidlanishicha, shu bilan birga, 15 sentyabr kuni BMT Bosh kotibiga Afg‘onistonning doimiy vakolatxonasidan elchi G‘ulom Isxakzay imzosi bilan Bosh Assambleyadagi delegatsiya ro‘yxati ko‘rsatilgan xat kelgan.
“Doimiy vakil delegatsiya rahbari etib tayinlangan”, degan Dyujarrik.
BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkirga ko‘ra, Afg‘onistonning doimiy vakili haqidagi qarorni oktyabr-noyabr oylarida akkreditatsiya qo‘mitasi qabul qilishi mumkin.
LiveBarchasi