“Tolibon” ashaddiy raqiblari bilan muzokara o‘tkazdi
Olam
−
10 yanvar 2022 24137 1 daqiqa
Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti yetakchilari Ahmad Mas’ud va Hirot viloyatining sobiq gubernatori Muhammad Ismoilxon Eron poytaxti Tehronda “Tolibon”ning Amirxon Muttaqi boshliq delegatsiyasi bilan uchrashdi.
“Uchrashuvda Islom Amirligi vakillari Milliy qarshilik fronti vakillari bexavotir uyga qaytishi mumkinligini ta’kidladi”, degan toliblar vakili Bilol Karimi Twitter sahifasida.
Qarshilik fronti hali “Tolibon” bilan uchrashuvni rasman tasdiqlamadi, biroq uning a’zolaridan biri Hofiz Mansurning aytishicha, bu haqiqatan ham bo‘lib o‘tgan.
Kichik Mas’ud tarafdorlarining bu va’daga munosabati hozircha noma’lum. Ammo amnistiya va’da qilingan xavfsizlik kuchlarining o‘ldirilishi haqidagi so‘nggi voqealarni hisobga olsa, Front rahbariyati bunga rozi bo‘lishi amrimahol.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr