“Tolibon” “Al-Qoida” bilan birlashgani aytildi

Olam

image

“Al-Qoida” Afg‘oniston qarshilik fronti (Bo‘ysunmas Panjsher)ga qarshi kurashish uchun “Tolibon” safiga qo‘shildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“AQSH orqaga chekindi, tarix takrorlanmoqda”, deyiladi Panjsherning Twitter sahifasida.

Qayd etish kerakki, joriy yilning avgust oyi oxirida “Tolibon” siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Naim Saudiya televideniyesiga bergan intervyusida Afg‘onistonga “Al-Qoida” terrorchilarini kiritmaslikka va’da bergandi.

“Al-Jazeera” telekanaliga ko‘ra, “Tolibon” o‘z siyosatini yoqlamaydiganlarga qarshi harbiy operatsiyani boshlashga qaror qilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, toliblar Darband-Garani, Gulbahor va Shatal tumanlarida 11 ta dushman o‘t otish chizig‘ini hamda bo‘ysunmas Panjsher qarshilik kuchlarining 34 ta jangchisini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.

“Al-Qoida”ning “Tolibon” bilan aloqasi

2001 yilda AQSHda amalga oshirilgan qator terrorchilik harakati aynan “Al-Qoida”ning ishi edi. O‘sha paytda Afg‘onistonni boshqarayotgani “Tolibon” Usama ben Lodenga (“Al-Qoida”ning rahbari — tahr.) siyosiy boshpana berib, uni AQSH qo‘liga topshirishdan bosh tortgan. Aynan ushbu holat AQSH tarixida eng uzoq davom etgan urushning boshlanishiga olib kelgan. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining xavotiri ham “Tolibon” hamon terrorchilik tashkiloti bilan birgami, degan savol asosiga qurilgan.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

622

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing